Checheniston musulmonlari diniy boshqarmasi (DUM) qizlarni 14 yoshida turmushga berishga ruxsat berilgani haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan ma’lumotni rad etdi. Bu haqda boshqarmaning Telegram-kanalida xabar berildi .
«Qizlarni 14 yoshda turmushga berishga ruxsat berilgani haqidagi tarqalgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», — deyiladi xabarda.
DUM respublika aholisiga ishonchsiz manbalardan olingan xabarlarga ishonish mumkin emasligini eslatdi.