Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga navbatdagi mukofot berildi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga navbatdagi mukofot berildi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov «Rossiya temir yo‘llarining faxriy temiryo‘lchisi» ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi. Bu haqda Chechnya Today axborot agentligi xabar berdi.

Taqdirlash marosimi 12 oktyabr kuni Grozniy temir yo‘l vokzaliga Chechenistonning birinchi prezidenti Axmat Hoji Qodirov nomini berishga bag‘ishlangan tadbirda o‘tkazildi.

Marosimda Qodirov temir yo‘l transportini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va sohadagi yuqori natijalari uchun ushbu mukofotga loyiq ko‘rilgani ma’lum qilindi.

Bu Checheniston rahbarining so‘nggi bir hafta ichida olgan ikkinchi mukofotidir. Avvalroq unga Rossiya Musulmonlari diniy majlisining 1-darajali «Rossiyaning birinchi muftiysi Muhammadjon Husainov» ordeni topshirilgan edi.

Kiritildi: 23:20 12.10.2026. O'qildi: 229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!