Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Checheniston parlamenti raisi Magomed Daudov muddatidan oldin iste’foga chiqdi

Checheniston parlamenti raisi Magomed Daudov muddatidan oldin iste’foga chiqdi

Checheniston Respublikasi parlamenti raisi Magomed Daudov muddatidan oldin iste’foga chiqdi. Bu haqda u parlament yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar beradi CHGTRK Grozniy.

«Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov bilan uchrashuvdan so‘ng men iste’foga chiqishga qaror qildim», — dedi Daudov.

Ushbu qarorning sabablari hozircha noma’lum.

Magomed Daudov 2015 yildan beri Checheniston parlamentini to‘qqiz yil boshqargan. Bungacha, respublikadagi ikkinchi urushdan oldin federal tomonga o‘tib, Checheniston prezidentining xavfsizlik xizmatida ishlagan. Keyin Axmat Qodirov nomidagi maxsus kuchlar polkida, odam o‘g‘irlash va odam savdosiga qarshi kurashish bo‘limida xizmat qilgan, 2007 yilda esa Shalin tumani IIB bo‘limini boshqargan.

Magomed Daudov Ramzan Qodirovning eng yaqin sheriklaridan biri sanaladi. 2014 yildan beri u inson huquqlari buzilishiga aloqador sifatida AQSh sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan, deya qayd etadi Kavkaz.Realii.

Kiritildi: 21:13 15.05.2024. O'qildi: 1236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!