Chechen sayyohlik marshrutlari Birlashgan Arab Amirliklarining turoperatorlari qiziqtirib qo‘ydi. Mamlakatning bu jihatini o‘rganish maqsadida vakillar Chechinistonga tashrif buyurdi.
Besh kunlik reklama safari doirasida ular mintaqaning diqqatga sazovor joylariga baho berdi.
Xususan, 8 ta arab turoperatori “Sernovodsk”, “Kezenoy-am” ko‘li, Arg‘un darasidagi Nixaloy sharsharasi, Grozniyning diqqatga sazovor joylari hamda “Checheniston yuragi” masjidi va “Shuhrat saroyi” yodgorligi bilan tanishtirildi, deb yozadi REGNUM axborot agentligi.
Bularning barchasi BAA mehmonlarida katta taassurot qoldirdi. Tur operatorlari bu mamlakatga o‘z oilalari bilan yana bir bor tashrif buyurishni, shu bilan birga sayyohlarni ham taklif qilishini bildirdi.
Manba: azon.uz