Endi ChatGPTda kerakli uslubda tasvirlarni yaratish osonroq bo‘ldi — Open AI tasvir generatoriga tayyor badiiy uslublarni tanlash funksiyasini qo‘shdi. Foydalanuvchi kerakli vizual effektni qo‘lda tasvirlashi shart emas: taklif qilingan ro‘yxatdan mos variantni tanlab olaveradi. Funksiya bepul.
Ilgari ma’lum bir uslubga erishish uchun barcha parametrlarning batafsil tavsifi bilan murakkab ko‘rsatmalarni qo‘lda yozish kerak edi. Bu vaqt talab qildi va har doim ham kutilgan natijani bermadi.
Endi rasmni yuklash yoki uni noldan yaratish, kerakli uslubni, masalan, animeni tanlash kifoya.
Avtomatik ravishda tayyor vizual shablonni qo‘llaydi va natija to‘liq rasmga o‘xshaydi. Yangilanish tasvir generatorini auditoriya uchun qulayroq qiladi va vizual kontent bilan ishlash jarayonini soddalashtiradi.