Bu haqda AFP mamlakat xavfsizlik xizmatiga tayanib xabar berdi.
Unga ko‘ra, otishma mahalliy vaqt bilan 20:45 atrofida boshlangan. Chad rasmiylari hodisaga izoh bermagan.
Agentlik, shuningdek, prezident saroyi yaqinidagi barcha yo‘llar to‘sib qo‘yilganini, shahar markazida harbiy texnika, jumladan, tanklar ko‘rinib turganini qayd etgan. Hodisa Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Yining mamlakatga rasmiy tashrifi boshlanishidan bir necha soat oldin sodir bo‘lgan.
Al Arabiya telekanali hujumni “Boko Haram” terror tashkiloti jangarilari amalga oshirganini da’vo qilmoqda. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda mamlakat prezidenti Mahamat Idriss Deby Itno o‘z qarorgohida bo‘lgan.
"Vaziyat hukumat kuchlari nazoratida. Chad qurolli kuchlari "Boko Haram" hujumini qaytardi", - deya xabar beradi Al Arabiya.