Fransiya Qurolli Kuchlari harbiylari 31 yanvarga qadar Chadni tark etishi kerak. Afrika respublikasi hukumati Parijga ana shunday talabni qo‘ydi.
RFI radiosi manbalarga tayanib xabar berishicha, tegishli ko‘rsatma Parij tomonidan 19 dekabr, payshanba kuni olingan.
"Ming askar va ko‘p texnikani olib chiqish uchun yetti hafta, buning iloji yo‘q," - dedi Fransiyadagi harbiy manbalardan biri.