15-16 iyun kunlari Shveysariyaning Byurgenshtok shahrida bo‘lib o‘tgan Ukraina bo‘yicha konferensiyaning yakuniy hujjati forumda ishtirok etgan 91 davlatdan 80 tasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Bu haqda hujjatni ma’qullagan davlatlar ro‘yxatiga tayanib, «TASS» yozmoqda.
Hujjatni qo‘llab-quvvatlagan davlatlar qatorida, xususan, Braziliya, Hindiston va Saudiya Arabistoni ham bor.
Shu bilan birga, ro‘yxatga Shveytsariya, Turkiya, Yevropa Ittifoqi davlatlari va AQSh ham kiritilgan.