Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Bo‘z-suv kanaliga chiqindi tashlagan shaxslar javobgarlikka tortildi

Bo‘z-suv kanaliga chiqindi tashlagan shaxslar javobgarlikka tortildi

23.03.2020 yilda fuqaro U.A. (1964 y.t.) o‘zi istiqomat qiladigan Yunusobod tumani, Oqtepa mahallasi, Bo‘z-suv ko‘chasidagi uyning “Bo‘z-suv” kanali qirg‘og‘iga tutashgan orqa tomonini kengaytirish va bog‘ tashkil qilish maqsadida, haydovchi F.M.dan (1988 y.t.) kanal qirg‘oqlarini to‘ldirib berishni so‘ragan.

O‘z navbatida, davlat raqami 01 129 RBA “HOWO” rusumli yuk mashinasi xaydovchisi F.M. va davlat raqami 01 X 615 SA “ZIL” rusumli yuk mashinasi xaydovchisi M.X.lar tomonidan qurilish chiqindilari yuk mashinalarida olib kelinib, “Bo‘z-suv” kanali qirg‘oqlariga to‘kilgan va suv ifloslantirilgan.  

Mazkur holat yuzasidan fuqaro U.A., F.M. va  M.X.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 72-moddasi (Suv zaxiralarini muhofaza qilish qoidalarini buzish) va
91-moddasi (Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizasiya qilish, qayta ishlash, realizasiya qilish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish) bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilib, har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari, ya’ni 1.115.000 so‘mdan jami 3.345.000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.  

Shu bilan birga, huquqbuzarlar tomonidan sodir etgan huquqbuzarligi oqibati bartaraf etilib, “Bo‘z-suv” kanali qirg‘og‘i huquqbuzarlar tomonidan tashlangan chiqindilardan tozalandi.   

Bosh prokuratura atrof-muhit muhofazasi, ayniqsa, obi-hayot - suvlarni ifloslantirishga qaratilgan harakatlarning oldini olishda  barcha yurtdoshlarimiz mas’ul ekanini eslatib, bu boradagi barchani ogohlikka chiqaradi.  Aks holda, bundan xatti-harakatlar jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan huquqiy choralar qo‘llashga sabab bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 14:31 26.03.2020. O'qildi: 2101 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!