London markazidagi Trafalgar maydonida mingga yaqin inson ishtirokida ommaviy namoyish bo‘lib o‘tdi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari "Palestine Action" huquqni himoya qilish tashkiloti faoliyati taqiqlanishiga qarshi chiqqan yuzlab namoyishchilarni qo‘lga oldi.
"Hibsga olinganlarning yoshi 27 dan 82 yoshgacha. Polisiya hibsga olishlarni davom ettirmoqda," - deyiladi Skotlend-Yardning X ijtimoiy tarmog‘idagi xabarida
"Palestine Action" — Buyuk Britaniyaning Isroil harbiy amaliyotlaridagi sherikligiga chek qo‘yishni maqsad qilgan guruh hisoblanadi.
Avvalroq ushbu tashkilot Qirollik harbiy-havo kuchlari bazasiga kirib, samolyotlarni bo‘yab ketish va Isroil uchun qurol ishlab chiqaruvchi korxonalarga hujum qilish kabi harakatlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan edi.