Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Buyuk Britaniyada bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Buyuk Britaniyada bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi


Bosh vazir Kir Starmer 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlarni butunlay taqiqlash rejasini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu platformalar ularni "xavfli kontent ta’siriga uchratadi" va "qaramlikni keltirib chiqarish uchun yaratilgan".

Hukumat taqiq Snapchat, TikTok, YouTube, Instagram, Facebook va X kabi platformalarga tegishli bo‘lishini, ammo WhatsApp kabi xabar almashish xizmatlariga ta’sir qilmasligini aniqlashtirdi.

Starmer tegishli qonunni dekabr oyi oxirigacha qabul qilishni, taqiqning o‘zi esa 2027 yil bahorida kuchga kirishini kutayotganini qo‘shimcha qildi. U hukumat yanada ilgarilab, notanish kishilarga bolalar bilan bog‘lanish imkonini beruvchi o‘yin xizmatlari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya platformalariga nisbatan "jahon amaliyotida misli ko‘rilmagan choralar" ko‘rishini ma’lum qildi.

Hokimiyat bayonotida, shuningdek, tungi vaqtda "komendantlik soati" joriy etish va 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun lentani cheksiz aylantirish rejimida majburiy tanaffuslar kiritish kabi choralar ko‘rib chiqilayotgani aytiladi. Batafsil ma’lumot iyul oyida e’lon qilinadi.

Kir Starmerning so‘zlariga ko‘ra, uning qaroriga o‘tgan yilning dekabr oyida bolalarga 16 yoshgacha ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlagan ilk davlat — Avstraliya tajribasi ta’sir qilgan.

O‘tgan hafta Kanada madaniyat vaziri 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda akkauntga ega bo‘lishni taqiqlovchi va sun’iy intellekt chat-botlari ishlab chiquvchilarini zararli kontent yaratilishini cheklashga majburlovchi qonun loyihasini taqdim etdi.

Kiritildi: Bugun 20:54. O'qildi: 209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!