Buyuk Britaniya mojaro hal qilinganidan keyin Ukraina xavfsizligini ta’minlash uchun "xohlovchilar koalisiyasini" tuzishda AQShning yordamini asosiy deb biladi.
Bu haqda Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili jamoatlar palatasida ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Bosh vazir Kir Starmer muzokaralarda Amerika qo‘llab-quvvatlashi zarurligini aniq aytgan.
"Hozir mudofaa vaziri sifatidagi ishim Ukrainani eng kuchli holatga keltirishdir. Biz harbiy yuklarni yetkazib berishda davom etmoqdamiz va boshqa davlatlarni ko‘proq harakat qilishga chaqiramiz. Fransuzlar bilan birgalikda Ukrainada uzoq muddatli xavfsizlik va tinchlikni ta’minlash uchun ko‘p millatli ko‘mak rejalarini ishlab chiqmoqdamiz", - dedi Xili.