Devid Lemmining so‘zlariga ko‘ra, dushanba kuni e’lon qilinadigan sanksiyalar Rossiyaning daromadlariga zarba berish orqali "murvatlarini qattiqroq tortish" va "harbiy mashinasini ishdan chiqarish" maqsadida joriy etiladi.
The Independent gazetasining xabar berishicha, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinining uch yilligi munosabati bilan Buyuk Britaniya mudofaa masalalari bo‘yicha ham bayonot berishi kutilmoqda.
Devid Lemmi hozirgi vaqtni "Ukraina, Buyuk Britaniya va butun Yevropa tarixidagi hal qiluvchi davr" deya ta’riflab, urushning oqibatlari "front chizig‘idan ancha uzoqda, shu jumladan Buyuk Britaniyada ham, xususan, energiya narxlarining oshishi orqali sezilayotganini" ta’kidladi.