Buyuk Britaniya shahzodasi Uilyam Estoniyadagi NATO kuchlari harbiy bazasiga tashrif buyurdi va Challenger 2 tankida sayohat qildi, deb xabar bermoqda BBC.
Valiahd shahzoda tashrif buyurgan baza Tapa shahrida, Rossiya bilan chegaradan taxminan 120 kilometr masofada6 joylashgan. 1991 yilgacha bu yerda SSSR harbiy bazasi bo‘lib, unda, shu jumladan, sovetlarning MiG rusumli samolyotlari joylashtirilgan edi.
Hozirda bazada Buyuk Britaniya harbiylari joylashgan bo‘lib, ular Boltiqbo‘yi mintaqasidagi Rossiyaning potensial tajovuzini tiyib turish uchun xizmat qilmoqda.