Buyuk Britaniya rasmiylari kuchli qurg‘oqchilik fonida suvni tejash uchun odamlarni eski elektron pochta xabarlari va fotosuratlarni o‘chirishga chaqirdi.
Tashabbus mualliflarining fikriga ko‘ra bu, ma’lumotlar markazlarini sovitish uchun kamroq suyuqlik sarflashga imkon beradi, ammo tavsiya ijtimoiy tarmoqlarda ma’qullanmadi, chunki rasmiylar serverlar boshqa mamlakatlarda joylashgan bo‘lishi mumkinligini hisobga olishmagan va ma’lumotlarni saqlash uchun sarflanadigan resurslar xarajatlari ularni o‘chirishdan bir necha baravar kamroq.
Yog‘ingarchiliklarning kamligi tufayli Buyuk Britaniya hozirda 1976 yildan beri eng yomon qurg‘oqchilikni boshdan kechirmoqda — muammo «milliy favqulodda holat» deb e’lon qilingan.