Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Buyuk Britaniya qul savdosi va mustamlakachilikda ayblandi

Buyuk Britaniya qul savdosi va mustamlakachilikda ayblandi

Karib dengizi davlatlari Buyuk Britaniyadan qul savdosidan yetkazilgan zarar uchun tovon talab qilish niyatida. Bu haqda 13 oktyabr kuni The Daily Mail gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.

"Qarib havzasidagi 15 ta davlatdan iborat guruh 21 oktyabr kuni Samovada bo‘lib o‘tgan Hamdo‘stlik hukumatlari rahbarlarining uchrashuvida qullik uchun tovon to‘lash masalasini ko‘rib chiqishga bir ovozdan rozi bo‘ldi," - deyiladi nashrda.

Gap kamida 206 milliard funt (270 milliard dollar) haqida ketmoqda.

Nashr eslatib o‘tganidek, sentyabr oyida Barbados bosh vaziri Mia Mottli BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida so‘zlagan nutqida qul savdosi va mustamlakachilik uchun tovon to‘lovlarini amalga oshirish xalqaro munosabatlarni "global qayta tiklash"ning bir qismi bo‘lishi lozimligini ta’kidlagan edi.

Kiritildi: 17:36 13.10.2024. O'qildi: 1311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!