Bugun 9 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Buyuk Britaniya josusi: Rossiya jinoiy to‘dalardan tartibsizlik urug‘ini ekish uchun foydalanmoqda

Buyuk Britaniya josusi: Rossiya jinoiy to‘dalardan tartibsizlik urug‘ini ekish uchun foydalanmoqda

Britaniya razvedka xizmati MI5 rahbari Ken Makkallumning aytishicha, Rossiyaning GRU harbiy razvedka boshqarmasi Ukrainadagi urush fonida Buyuk Britaniyada «to‘polon» keltirib chiqarish uchun jinoiy guruhlardan foydalanishga uringan.

Makkallumning aytishicha, Rossiya va Eron tez-tez hujumlar uyushtirish uchun «xalqaro narkotrafikchilardan tortib, past darajadagi firibgarlargacha» murojaat qiladi.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan beri 750 dan ortiq rossiyalik diplomat Yevropadan chiqarib yuborilganiga qaramay, MakKallumning aytishicha, Rossiya davlat aktyorlari o‘z topshiriqlarini bajarish uchun ishonchli shaxslarga qanday murojaat qilayotgani «e’tiborni tortadi”.

"Ayniqsa, GRU Britaniya va Yevropa ko‘chalarida tartibsizliklar keltirib chiqarish bo‘yicha doimiy missiyani bajarmoqda: biz o‘t qo‘yish, sabotaj va boshqalarni ko‘rdik. Xavfli harakatlar kuchayib borayotgan ehtiyotsizlik bilan amalga oshirildi", dedi u batafsil ma’lumot berishdan bosh tortib.

Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangani taxmin qilingan bir qancha fitnalar jinoiy ish qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgan. Bir holatda, bir nechta gumondorlar Ukrainaga tegishli korxonalarga hujum qilish rejasi bo‘yicha Rossiyaga aloqadorlikda gumon qilinib, Londonda sud jarayonini kutmoqda.

GRU shuningdek, Britaniya uchun qo‘sh agent bo‘lgan rossiyalik razvedka xodimi Sergey Skripalning zaharlanishini ham bevosita uyushtirgani taxmin qilinadi.

Skripal Angliyaning Solsberi shahrida qizi bilan birga kuchli zaharlangan, ammo tirik qolgan.

Kiritildi: Bugun 19:00. O'qildi: 370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!