Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Buyuk Britaniya Eronga zarba berish uchun o‘z bazalarini AQShga taqdim etmaydi

Buyuk Britaniya Eronga zarba berish uchun o‘z bazalarini AQShga taqdim etmaydi

The i Paper nashrining xabar berishicha, London Erondagi ko‘priklar va elektr stansiyalariga zarba berish maqsadida Britaniya harbiy bazalaridan foydalanilishiga ruxsat bermaydi. Mamlakat hukumati bazalarni faqat "mudofaa" operasiyalari uchun taqdim etishga tayyor, Donald Trampning tahdidlari esa bu ta’rifga mos kelmaydi.

Hozirda London va Vashington o‘rtasida ushbu masalada keskinlik kuzatilyapti. Britaniya tomoni mintaqaviy urush ko‘lamining kengayib ketishidan xavotirda va hujumkor amaliyotlarda ishtirok etishdan tiyilmoqda, deyiladi nashr xabarida.

Kiritildi: Bugun 15:55. O'qildi: 609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!