"London va uning YEIdagi ittifoqchilari Moskvaga bosimni kuchaytirmoqda. Rossiya neftiga “yuqori narx chegarasi” bir barrel uchun 60 dollardan 47,6 dollargacha tushiriladi", — deya ma’lum qildi mamlakat moliya vaziri Reychel Rivs G20 davlatlari moliya vazirlari yig‘ilishida.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi ham xuddi shunday qaror qabul qilgan edi. YEI, shuningdek, Rossiya xom neftidan olinadigan neft mahsulotlarini har qanday uchinchi davlatdan import qilishni taqiqladi. Bunda faqat Kanada, Norvegiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya va AQSh istisno hisoblanadi.
Reuters agentligining xabar berishicha, treyderlar Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalari Rossiya neft eksportiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishiga shubha qilmoqda.