Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Buyuk Britaniya YEIning qurol-yarog‘ bitimiga yaqin

Buyuk Britaniya YEIning qurol-yarog‘ bitimiga yaqin

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer Yevropa Ittifoqi bilan Britaniya kompaniyalariga Yevropa ittifoqchilariga milliardlab funt sterlinglik qurol sotish imkonini beruvchi yirik savdo bitimini imzolashga yaqin turibdi.

Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, agar kelishuv tuzilsa, Britaniya firmalari 150 milliard yevrolik yangi Yevropa Ittifoqi mudofaa fondi bo‘yicha tenderda qatnashishi mumkin bo‘ladi.

Gazetaning ta’kidlashicha, Britaniya bosh vaziri Bryussel bilan savdo to‘siqlarini yumshatishga intilmoqda.

Shu maqsadda u 19 may kuni Londonda Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya sammitini o‘tkazadi, deb yozadi nashr.

Kiritildi: 09:16 22.04.2025. O'qildi: 597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!