Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Buyuk Britaniya bosh vaziri Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ittifoqchilar bilan yangi mudofaa tashabbusini taklif qilmoqchi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ittifoqchilar bilan yangi mudofaa tashabbusini taklif qilmoqchi

Financial Times nashri xabariga ko‘ra, tashabbus asosan qurol-yarog‘ xaridlarini yanada muvofiqlashtirish va qayta qurollanish xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan.

Britaniya hukumatidagi manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, 14 fevral kuni bosh vazir Kir Starmer konferensiyadagi chiqishida ittifoqchilar bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga chaqirishni va bu mavzuni boshqa davlatlar yetakchilari bilan yopiq muzokaralarda muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, London Yevropadagi Security Action for Europe qayta qurollanish dasturida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda va qo‘shma xarajatlar hamda harbiy salohiyatni rivojlantirish bo‘yicha boshqa takliflarni o‘rganmoqda.

Buyuk Britaniya moliya vaziri Reychel Rivzning so‘zlariga ko‘ra, hukumat G‘arbdagi hamkorlar bilan birga “qayta qurollanish xarajatlarini kamaytirish” va qo‘shma mudofaa loyihalarini samaraliroq qilish yo‘llarini izlamoqchi.

Kiritildi: Bugun 18:12. O'qildi: 271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!