Bu haqida Associated Press xabar berdi.
"12 mayga o‘tar kechasi Kir Starmerning Londondagi shaxsiy uyida yong‘in yuz berdi, natijada uy eshigi zarar ko‘rdi.
Polisiya, shuningdek, 11 may kuni Islingtondagi Starmer bilan bog‘liq yana bir uydagi yong‘in holatini ham tergov qilmoqda. U yerda ham kirish eshigi yonib ketgan", deya xabar bermoqda agentlik.
Polisiya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yong‘inlarga aloqadorlikda gumon qilingan 21 yoshli erkak qo‘lga olingan.