Bugun 11 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kiyevga tinchlikparvar kuchlarni yuborish masalasini muhokama qilish uchun keladi - OAV

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kiyevga tinchlikparvar kuchlarni yuborish masalasini muhokama qilish uchun keladi - OAV



Kir Starmer olti oy avval Britaniya bosh vaziri lavozimiga kirishganidan beri ilk bor Ukrainaga tashrif buyurib, urush tugaganidan keyin Britaniya qo‘shinlarini tinchlikparvar kuchlar tarkibiga kiritish imkoniyatini muhokama qiladi, deb yozadi Bloomberg.

Vladimir Zelenskiy Germaniyadagi Ramshteyn aviabazasida ittifoqchilar bilan uchrashuvdan keyin rejalashtirilgan tashrif haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, britaniyaliklar Rossiya bilan urush tugaganidan keyin Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborish rejalariga "ijobiy munosabatda".

Uchrashuv yaqin haftalarda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, deya aniqlik kiritmoqda agentlik.

Shuningdek, Bloomberg manbasiga ko‘ra, 9 yanvar kuni Starmer o‘z uyida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashgan va siyosatchilar Ukrainada tinchlikparvar kuchlarni yaratish imkoniyatlarini muhokama qilgan.

Avvalroq Reuters agentligi tahlilchilarning hisob-kitoblariga tayanib, Ukrainadagi yevropalik qo‘shinlar soni 40 dan 100 ming kishigacha bo‘lishi mumkinligini, ularning asosiy qismini Fransiya, Germaniya, Italiya, Polsha va Buyuk Britaniya harbiylari tashkil etishi haqida yozgan edi.

Kiritildi: Bugun 13:33. O'qildi: 292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!