Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Buyuk Britaniya armiyasi olti oydan bir yilgacha vaqt ichida shaxsiy tarkibidan butkul mahrum bo‘ladi, agarda...

Buyuk Britaniya armiyasi olti oydan bir yilgacha vaqt ichida shaxsiy tarkibidan butkul mahrum bo‘ladi, agarda...

Buyuk Britaniya mudofaa vazirining o‘rinbosari: "Agar Ukrainadagi urush miqyosidagi mojaro ro‘y bersa, Buyuk Britaniya armiyasi olti oydan bir yilgacha vaqt ichida shaxsiy tarkibidan butkul mahrum bo‘ladi"

Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa vazirining kadrlar siyosati va faxriylar bo‘yicha o‘rinbosari Alister Karns, RUSI analitik markaziga bergan intervyusida ma’lum qildi.

U Rossiyani misol sifatida keltirib o‘tar ekan, bu mamlakat har kuni o‘rtacha 1500 nafarga yaqin askarni yo‘qotayotganini ta’kidladi. Karnsga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan paytdan beri urush boshidagi askarlar sonidan tashqari, yana shunchasini deyarli to‘liq yo‘qotgan.

Karns o‘z bayonotida bunday yo‘qotishlarning oldini olish uchun qo‘shimcha rezervlarni tayyorlash zarurligini ta’kidladi. 1 oktyabr holatiga ko‘ra, Buyuk Britaniya qurolli kuchlari 109,245 nafar quruklikdagi askar va 25,814 ixtiyoriy zaxirachiga ega.

Kiritildi: 07:37 05.12.2024. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!