Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Buxorodagi yuk avtomashinasi va «Neksiya» to‘qnashuvida ayol va farzandi vafot etdi

Buxorodagi yuk avtomashinasi va «Neksiya» to‘qnashuvida ayol va farzandi vafot etdi

2019 yil 23 aprel kuni soat 03:30 larda Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi 26 yoshli A.A. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinani Buxoro viloyatining Romitan tumani hududidagi avtomagistral yo‘lida haydab ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan fuqaro Z.SH. boshqaruvidagi KAMAZ rusumli yuk avtomashinasi orqa tomoniga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada Nexia avtomashinasi yo‘lovchisi S.K. ismli ayol jarohat olib voqea joyida vafot etgan hamda Nexia ning qolgan yo‘lovchilari, S.K.ning turmush o‘rtog‘i J.R. va 2019 yilda tug‘ilgan I.A. ismli qizi, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi SH.S.lar kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay qizaloq vafot etgan.

Shuningdek Nexia haydovchi A.A. va yo‘lovchisi CH.E.larga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:27 24.04.2019. O'qildi: 1242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!