Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Buxorodagi “Eski Ruslar” va “Birodarlik” qabristonlaridan Rossiya Federasiyasi vakillari ishtirokida tuproq olish marosimi o‘tkazildi

Buxorodagi “Eski Ruslar” va “Birodarlik” qabristonlaridan Rossiya Federasiyasi vakillari ishtirokida tuproq olish marosimi o‘tkazildi

Buxoro shahar hokimligi tomonidan Buxoro shahridagi “Eski Ruslar” hamda Kogon shahridagi “Birodarlik” qabristonlaridan O‘zbekiston Respublikasida Rossiya Federasiyasi elchixonasining harbiy attashesi va konsuli hamda mehmonlar ishtirokida tuproq olish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti xabar berdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Rossiya Federasiyasi elchixonasining harbiy attashesi polkovnik Aleksandr Zimzerov, uning yordamchisi podpolkovnik Ivan Arefyev, elchixona konsuli Ivan Fetisov, elchixona vise konsuli Kirill Afanasyev, “ORIEN HOUSE STROY” bosh direktori Otabek Toshev, “ALFA EXIM UNIVERSAL” MCHJ qo‘shma korxonasi bosh direktori Keldiyor Rajamov, “Rossiya-24” telekanali muxbirilari ishtirok etdi.

Shuningdek, Buxoro viloyati va shahar hokimiligi vakillari, Kogon tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi To‘rakul bobo Jurayev, Buxoro garnizoni harbiy orkestri, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi va bo‘limlari harbiy xizmatchilari, joylardagi mahalla fuqarolari yig‘inlarining 100 dan ortiq aholisi va front orti faxriylari, Buxoro shahridagi 1- va 19- umumta’lim maktablarining o‘quvchilari ham qatnashgan tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Bu kabi tadbirlar yurtimiz bo‘ylab davom etmoqda.

 

 

 

 

 

 

Kiritildi: 10:06 26.12.2019. O'qildi: 1951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!