Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buxoroda talonchilik qilgan muqaddam sudlangan shaxs qo‘lga olindi

Buxoroda talonchilik qilgan muqaddam sudlangan shaxs qo‘lga olindi

Buxoro viloyatining Kogon shahrida joriy yilning 14 sentyabr kuni noma’lum shaxs «Istiqlol» MFY hududida fuqaro A.N.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, 100 ming so‘m puli, Nokia mobil telefoni va velosipedini olib, voqea joyidan qochib ketgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Kogon shahrida  yashovchi muqaddam sudlangan R.M. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 17:00 16.09.2018. O'qildi: 1011 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!