Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Buxoroda Spark`da 25 nafar bolani olib ketayotgan haydovchi aniqlandi

Avto A A A
Buxoroda Spark`da 25 nafar bolani olib ketayotgan haydovchi aniqlandi

Buxoro viloyati yo‘l harakati inspektorlari tomonidan Spark avtomobilida 25 nafar bolalarni olib ketayotgan haydovchini to‘xtatildi. Bu haqda YHXX xabar qildi.

Aniqlanishicha, xususiy bog‘chada ishlovchi haydovchi ayol bolalarni uyga shu tarzda olib ketayotganini ma’lum qilgan. Videoda bolalarning kamida beshtasi mashinaning oldi o‘rindig‘ida, uchtasi yukxonada, qolgan bolalar orqa o‘rindiqda va uning ostida ketayotganini ko‘rish mumkin.

Holat haydovchining mahallasida jamoatchilik muhokama qilingan. YHXX videoda haydovchiga qanday jazo qo‘llanilgani haqida ma’lumot bermagan.

Kiritildi: 18:25 16.09.2023. O'qildi: 3588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!