Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Buxoroda ona voyaga yetmagan qizining yuz va qo‘l qismini qizigan kapgir bilan kuydirdi

Buxoroda ona voyaga yetmagan qizining yuz va qo‘l qismini qizigan kapgir bilan kuydirdi

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida ona o‘z qizining yuz, qo‘l va tanasiga qizigan kapgir bosgani aytilgan xabar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida M.J. (ayol) joriy yilning 25 oktyabr kuni uyining oshxonasida 2015 yilda tug‘ilgan qizi B.A.ning qo‘llari va yuz qismiga qizigan oshxona temir "kapgir"ni bosib, B.A.ga tan jarohati yetkazgan.

Voyaga yetmagan qizga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda voyaga yetmagan B.A. tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilib, unga shifokorlar tomonidan zaruriy tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

"Holat yuzasidan Shofirkon tuman IIB huzuridagi TG tomonidan M.J.ga nisbatan JKning 126-1-moddasi 3-qismi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi," - deyiladi xabarda.

Kiritildi: 11:40 04.11.2024. O'qildi: 1672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!