Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Buxoroda «Nexia» «Damas» va «Isuzu» o‘zaro to‘qnashdi. Qurbonlar bor

A A A
Buxoroda «Nexia» «Damas» va «Isuzu» o‘zaro to‘qnashdi. Qurbonlar bor

Buxoro viloyati Vobkent tumanida 3 ta avtomobil yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda «Zamon» informasion dasturida xabar berildi.

Xabarga ko‘ra, Vobkent tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro M-37 Samarqand–Buxoro Turkmanboshi avtomobil yo‘lining 244-kilometrida «Nexia» avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, «Damas» avtomashining orqasiga borib urilgan. Buning oqibatida «Damas» avtomashinasi kuchli zarb bilan dastlab to‘siqqa, keyin esa undan o‘tib ketib, qarama-qarshi yo‘nalishda ketayotgan «Isuzu» yuk avtomobilining old tomoniga urilgan.

Voqea oqibatida «Damas» avtomashinasidagi yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, kasalxonada vafot etgan. Yana bir fuqaro esa kasalxonada davolanmoqda.

Kiritildi: 05:00 18.10.2021. O'qildi: 2964 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!