Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida Lacetti urib yuborgan ikki piyodadan biri vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat 2 oktyabr kuni soat 05:54 larda Buxoro viloyati Qorako‘l tumani “Eski qal’a” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-76-sonli avtomobil yo‘lning 1-km da sodir bo‘lgan. O.M. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti Qorako‘l tumani markazidan avtoboshbekat tomon harakatlanib borayotgan vaqtida 15-sonli IDUM to‘g‘risida joylashgan tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ikki nafar piyodani urib yuborgan.
Hodisa natijasida bir nafar piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida Qorako‘l tuman kasalxonasida vafot etgan. Ikkinchi piyoda hozirgi kunda kasalxonada davolanmoqda.
Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan.