Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Buxoroda ilk Biyennale bo‘lib o‘tadi

A A A
Buxoroda ilk Biyennale bo‘lib o‘tadi

2025 yilda Buxoroda ilk Biyennale bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Prezident administrasiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikasiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Biyennaleni o‘tkazish maqsadlaridan biri — O‘zbekistonning xalqaro san’at hamjamiyatiga qo‘shilishi hamda uning jahon miqyosida madaniy-tarixiy nufuzini yuksaltirish.

Ta’kidlanishicha, Biyennale tashkil etish va o‘tkazish asnosida mahalliy va xorijiy ustalar hamda ijodkorlarning muloqot qilish imkoniyatlari yaratiladi. Bu esa mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashishga, shuningdek, an’anaviy hunarmandchilik salohiyatlarini zamonaviy ruhda ochib berishga zamin yaratadi.

“Oldimizda ushbu loyihani amalga oshirish vazifasi turibdi. Ishonaman, Buxoroda ilk Biyennaleni o‘tkazish xalqaro hamjamiyat e’tiborini qozonadi hamda qadimiy va tarixiy shahrimizni mutaxassis va sayyohlar tomonidan yanada kengroq kashf etilishiga yordam beradi”, - deya yozdi Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida.

Kiritildi: 03:48 12.07.2023. O'qildi: 1176 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!