Buxoro viloyati Kogon shahrida er rashk sababli ayolini bir necha marta pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Shaharning “Beruniy” mahallasida 28 may kuni soat 17:30 larda 1992 yilda tug‘ilgan erkak 2 nafar farzandining onasi bo‘lgan, 1991 yilda tug‘ilgan ayoli bilan rashk tufayli janjallashgan. Janjal tufayli er oshxona pichog‘i bilan ayolning turli sohalari, ko‘krak, bo‘yin, qo‘llariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.
Mahalla raisining so‘zlariga ko‘ra, mazkur oila ziyoli oila hisoblanadi. Oila bilan bog‘liq hech qanday muammolar chiqmagan. Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan