Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Buxoroda 1988 yilda sodir etilgan dahshatli jinoyat fosh bo‘ldi

Buxoroda 1988 yilda sodir etilgan dahshatli jinoyat fosh bo‘ldi

Buxoro shahrida 1988 yilning 5 oktyabrda sodir etilgan qotillik jinoyati 32 yil deganda barmoq izi yordamida fosh etildi. 

1962 yilda tug‘ilgan fuqaro Mahmud Boltayev Muslima ismli ayolning taklifi bilan uning uyiga keladi. Yigit onasi tengi ayolga jinsiy yaqinlikni taklif etadi. Ayol buni rad etadi va o‘rtada janjal kelib chiqadi. Janjal vaqtida M.Boltayev yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan ayolning qorin va ko‘krak qismlariga bir necha marta urib, o‘ldiradi.

Qotillik sodir etish bilan birga M.Boltayev ayolning uyidan bir nechta tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketadi. Jinoyat joyida esa uning barmoq izlari qolgan.

Buxoro viloyat IIB Ekspert-kiriminalistika bo‘limi tomonidan 2020 yilning sentyabr oyida avtomatlashtirilgan daktiloskopik identifikasion tizim orqali barmoq izlari tekshirilgan. Bu kriminalistik o‘rganishlar barmoq izlari fuqaro Mahmud Boltayevga tegishli ekanligini ko‘rsatgan.

Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan ushbu jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari qayta tiklandi.

Aniqlanishicha, M.Boltayev 1993 yilda eski tahrirdagi Jinoyat kodeksining 15-81-moddasi (qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish), 1996 yilda Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (o‘g‘rilik), 2005 yilda 169-moddaning 1-qismi (o‘g‘rilik) bilan ayblangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olot tuman sudining 15.02.2021 yildagi hukmi bilan sudlanuvchi M.Boltayevning sodir qilgan jinoyati O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “i” bandidan JKning 97-moddasi 1-qismi hamda 169-moddasi 1-qismiga qayta kvalifikasiya qilingan, ammo javobgalikka tortish muddati 25 yil o‘tib ketganligi sabab, u jazodan ozod qilingan.

Kiritildi: 10:02 26.02.2021. O'qildi: 10366 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!