Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

"Buxoro" - "Olimpik" bahsida hakam atayin noto‘g‘ri qaror chiqardi

A A A
"Buxoro" - "Olimpik" bahsida hakam atayin noto‘g‘ri qaror chiqardi

Superliga. 19-turning qoldirilgan o‘yini.
«Buxoro» - Olimpik» bahsida hakam Komiljon Rasulov ochiqchasiga noto‘g‘ri qaror chiqardi.

O‘yinga qo‘shib berilgan 9 daqiqa yakunlanib bo‘lganidan so‘ng olimpiyachilar hujumchisi Temur Mamasidiqov bir himoyachini aldab, "Buxoro" jarima maydoniga kirib keldi. Boshqa himoyachi esa to‘p tepib, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Temur shundan so‘ng himoyachining oyog‘iga urilib yiqildi.

Bu yerda murakkab narsaning o‘zi yo‘q: himoyachi qoida buzmadi, penalti haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas.

Ammo bosh hakam vaziyatga yaqin bo‘lishiga qaramay, darhol penalti belgiladi. Shundan so‘ng monitor yoniga borib, vaziyatni qayta-qayta tomosha qildi va penaltiga ishora qildi.

E’tiborli tomoni, referi qarorini e’lon qilish uchun maydonga qaytayotganida zaxiradagi hakam unga penalti yo‘q ekanini tushuntirdi. Ammo Komiljon o‘z fikridan qaytmadi va penaltini belgiladi.

Penaltidan urilgan gol evaziga "Olimpik" g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Buxoro" ushbu mag‘lubiyat tufayli Superligani tark etdi.

Qiziqda: yaqinda ro‘y bergan hakamlar bilan bog‘liq mojaro hali "sovib" ulgurmasidan boshqa bir "adolat peshvosi" "qovun tushirmoqda". Bu hakam yo qoidani bilmaydi, yoki "Olimpik" foydasiga penalti belgilashni haddan tashqari istadi.

Manba: @futbol_qoidalar

Kiritildi: 21:57 10.11.2023. O'qildi: 2244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!