Ibragimova Feruza Bahodurxanovna boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari-oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi.
Artikova Hafiza Tuymurodovna Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari-oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Hafiza Artikova 1976 yil 24 dekabrda Buxoro tumanida tug‘ilgan. 1997yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan. Biologiya fanlari doktori, professor.
Ayni paytga qadar u Buxoro davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.