Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bo‘stonliqdagi "Chorvoq"da portlash sodir bo‘ldi

A A A
Bo‘stonliqdagi "Chorvoq"da portlash sodir bo‘ldi

Bugun, 30 yanvar kuni soat 08:20 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani «Chorvoq» qo‘rg‘onidagi 2 qavatli uyning xonadonlaridan birida portlash sodir bo‘lgan.

Yuzaga kelgan kinetik zarba natijasida xonadon devor va shiftiga shikast yetgan.

Voqea joyiga zudlik bilan tuman FV bo‘limi qutqaruvchilari yetib borgan. Chaqnash oqibatida 4 nafar fuqarolar turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa joyiga viloyat FVB rahbariyati, IIB, SSB, prokuratura hamda «Hududgazta’minoti» hodimlari chiqishgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 20:19 30.01.2023. O'qildi: 2810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!