Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Burkina-Fasoda otishma: armiya hukumatni egallab oldimi?

Burkina-Fasoda otishma: armiya hukumatni egallab oldimi?

23 yanvar kuni ertalab Burkina-Faso poytaxti Uagadugu shahridagi ikkita harbiy lager hududida kuchli otishma ovozlari eshitildi. Bu haqda yakshanba kuni RFI xabar bermoqda.

Radiostansiyaga ma’lum bo‘lishicha, general Baba Say nomidagi lagerda va Sangule Lamizan lagerida pulemyot va og‘ir qurollardan otishma olib borilgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari va jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilmagan.

Burkina-Faso hukumati poytaxtdagi otishmani tasdiqladi, biroq mahalliy matbuotga ko‘ra, armiya hokimiyatni egallab olgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Kiritildi: 15:28 23.01.2022. O'qildi: 2760 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!