Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Burkina-Faso G‘arb kompaniyalarini haydab chiqaradimi?

A A A
Burkina-Faso G‘arb kompaniyalarini haydab chiqaradimi?

Burkina-Faso rahbari Ibrohim Traore xalqqa murojaatida mamlakat harbiy texnikani sotishdan bosh tortgan shtatlardan konchilik lisenziyalarini bekor qilishini aytdi.

«Ba’zi [davlatlar] bizga [harbiy] jihozlarni sotishdan bosh tortdilar, biz ba’zi mamlakatlardan sotib olgan uskunalarni blokirovka qildilar, chunki ularda ba’zi komponentlar uchun lisenziyalar bor», dedi Traore va «bu kuchlar Burkina-Fasoda foydali qazilmalar qazib olishlarini» ta’kidladi.

“Biz ushbu qazib olish ruxsatnomalarini bekor qilamiz. Siz bizning resurslarimizdan foydalana olmaysiz va bizga asbob-uskunalarni sotishdan bosh torta olmaysiz, - deya qo‘shimcha qildi Traore va «biz ulardan o‘zimiz foydalanamiz» deb aniqlik kiritdi.

Avvalroq Ibrohim Traore Fransiyani mamlakatni beqarorlashtirishga urinishda ayblagan edi.

Kiritildi: 23:16 23.07.2024. O'qildi: 1050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!