Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Burilish ishorasi haydovchiga oldin o‘tish huquqini bermaydi

Burilish ishorasi haydovchiga oldin o‘tish huquqini bermaydi

Qonunchilikka ko‘ra, burilish ko‘rsatkichi yoki qo‘l bilan berilayotgan ishora manyovrni bajarishdan oldinroq berilishi va uni tugallagach, darhol to‘xtatilishi kerak.

Beriladigan ishoralar yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini chalg‘itmasligi kerak.

Ogohlantiruvchi ishora berish haydovchiga oldin o‘tish huquqini bermaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rish mas’uliyatidan ozod etmaydi.

Haydovchi harakat yo‘nalishini o‘zgartirish haqidagi ogohlantiruvchi ishorani berishdan oldin orqadan kelayotgan, uni quvib o‘tishni yoki o‘zib ketishni boshlagan va boshqa harakat ishtirokchilariga xalaqit bermayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Kiritildi: 18:17 29.04.2024. O'qildi: 584 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!