Bugun 30 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bo‘rijar kanalida oqib ketib vafot etgan talaba o‘zbekcha vikipediya ma’muri ekani ma’lum bo‘ldi

Bo‘rijar kanalida oqib ketib vafot etgan talaba o‘zbekcha vikipediya ma’muri ekani ma’lum bo‘ldi

Bundan bir necha kun avval O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-bosqich talabasi Bo‘rijar kanalining Yakkasaroy tumanidan oqib o‘tuvchi qismida cho‘milmoqchi bo‘lib, cho‘kib ketgani va natijada vafot etgani xabar qilingandi.

O‘zbekcha Vikipediya jamoasi ko‘ngillilari nomidan tayyorlangan matbuot relizida aytilishicha, halok bo‘lgan talaba o‘zbekcha Vikipediyada administrator huquqiga ega bo‘lgan faol foydalanuvchi – Ikramov Muhammadali To‘lqinjonovich ekani ma’lum bo‘ldi.

Ikramov Muhammadali To‘lqinjonovich 2004-yilning 16-aprelida Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlagach, 2021-yil O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga o‘qishga kirgan. U yerda filologiya va tillarni o‘qitish mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.

Asosan o‘zbekcha Vikipediyada faoliyat yuritgan Ikramov ikki yil davomida o‘zbek tilida qariyb 600 ta maqola va 5 mingdan ziyod sahifa yaratdi, minglab maqolani tahrir qildi. Vikima’lumotlarda esa 3 mingga yaqin tahrir qildi. Umuman olganda, Vikimedia Jamg‘armasi loyihalarida 26 mingdan oshiq tahrir qildi. Qisqa faoliyati davomida yana bir mavzuda – Surxandaryo viloyatida go‘daklar yo‘tal siropidan zaharlanib, nobud bo‘lgani haqida mukammal maqola yozdi.

Muhammadalining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Kiritildi: 15:40 22.06.2024. O'qildi: 975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!