Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Burak O‘zchivit sudlanmoqda

Burak O‘zchivit sudlanmoqda

Ma’lumotlarga ko‘ra, Burak O‘zchivit hamkasblarini haqorat qilib, suratga olish maydonchasini tark etgan, shundan keyin yana ortga qaytib, janjal ko‘targan. Natijada ijodkorlar aktyorning bu qilmishi uchun uni sudga berishgan.

Istanbul shahrining Beykoz tumani bosh prokuraturasi Burak O‘zchivitga qarshi “bittadan ortiq odamni namoyishkorona haqorat qilganlik” aybi bilan tergov ishlarini boshlagan.

Aktyorning o‘zi esa ayblovni inkor qilmoqda.

“Meni taniydigan odamlar kimnidir haqorat qiladigan inson emasligimni yaxshi bilishadi. Bu odamlar meni qoralash uchun nomimdan foydalanishyapti”, dedi ijodkor.

Mahalliy nashrlarning xabar berishlaricha, ayni vaqtda bu ish bilan prokuratura shug‘ullanmoqda.

Kiritildi: 01:01 21.10.2021. O'qildi: 4512 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!