Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bundesver nemis kompaniyalarini Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorlamoqda

Bundesver nemis kompaniyalarini Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorlamoqda

Bundesver nemis kompaniyalarini Rossiya bilan ehtimoliy harbiy mojaroga tayyorlamoqda. Bu haqda mahalliy OAV xabar tarqatdi.

Ularga ko‘ra, nemis siyosatchilari "Germaniyada operativ harakatlar rejasi" deb nomlangan bir necha ming sahifadan iborat maxfiy hujjatni ma’qullagan.

Unda Rossiyaning NATOning sharqiy qanotidagi manyovrlarini himoya qilish yoki oldini olish uchun zarur bo‘lganda qanday harakat qilish kerakligi haqida batafsil ko‘rsatmalar mavjud.

Hujjatda, shuningdek, urush paytida himoya qilinishi kerak bo‘lgan infratuzilma ham sanab o‘tilgan. Va Germaniya ittifoqchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun logistika markaziga aylanishi ko‘rsatilgan.

Rejada tijorat kompaniyalari va umuman biznesga alohida o‘rin berilgan. Ularga har yuz xodimga qo‘shimcha 5 ta yuk mashinasi haydovchisini tayyorlash, korxonalarni avtonom energiya manbalari bilan ta’minlash, favqulodda vaziyatlar rejasini tuzish va xodimlarni o‘ta og‘ir vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha o‘rgatish tavsiya etildi.

Kiritildi: 17:48 21.11.2024. O'qildi: 717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!