Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bundestag deputati: "Qo‘llanilayotgan sanksiyalar Rossiyadan ko‘ra ko‘proq Germaniyaga zarar keltirmoqda"

A A A
Bundestag deputati: "Qo‘llanilayotgan sanksiyalar Rossiyadan ko‘ra ko‘proq Germaniyaga zarar keltirmoqda"

Sanksiya siyosati Rossiyadan ko‘ra Germaniyaga ko‘proq zarar keltiradi. Bu haqda Bundestag deputati Sara Vagenknext ma’lum qildi.

"Sanksiya siyosati Putindan ko‘ra ko‘proq bizga zarar yetkazayotganini ko‘rmayapsizmi? Fevral oyidan beri yevro doimiy ravishda arzonlashib, o‘z o‘rnini yo‘qotib borayotganini, rubl esa urush boshidagidan ancha yuqori baholanganini sezmaysizmi? — dedi Sara Vagenknext.

Deputatning ta’kidlashicha: "Nega bunday bo‘layotgani haqida o‘ylash vaqti keldi. Rossiya o‘z energiyasini boshqa birovga sotish imkoniyatiga ega, chunki dunyoning ko‘p qismi sizning sanksiyalaringizni qo‘llab-quvvatlamaydi. Agar mamlakat Berbok xonimning yo‘lidan borsa, Germaniya sanoatning muhim tarmoqlarini yo‘qotadi. Janob kansler, yashil energiya o‘yinlaringizni qoldiring. O‘zingizni mamlakatingizdagi odamlarning haqiqiy muammolari bilan mashg‘ul bo‘ling" - dedi u.

Kiritildi: 16:04 15.05.2022. O'qildi: 4150 marta. Fikrlar soni: 12 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!