AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo ziddiyatlari sharoitida investorlar xavfsiz aktivlarga intilishi natijasida oltin narxi barcha davrlar uchun eng yuqori ko‘rsatkichga etdi.
Bugun spot oltin narxi rekord darajadagi 2845 dollarga ko‘tarildi.
Tramp ma’muriyatining savdo tariflari bo‘yicha rejalari inflyasiya xavfini keltirib chiqarmoqda va narxlar istiqbolidagi noaniqlik AQSh Federal zaxira tizimining foiz stavkalarini pasaytirish jarayonini sekinlashtirishi mumkin.
Oltin an’anaviy ravishda ham inflyasiyaga, ham geosiyosiy beqarorlikka qarshi himoya vositasi sifatida qaraladi.
"Kitco Metals" kompaniyasining yetakchi bozor tahlilchisi Jim Uikkoffning aytishicha, oltin narxi bu yil 3000 dollarga yetishi mumkin.