Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Bo‘lishi mumkin emas?! 13 yoshli qizaloq 10 yoshli bolakaydan farzand kutmoqda

Bo‘lishi mumkin emas?! 13 yoshli qizaloq 10 yoshli bolakaydan farzand kutmoqda

Krasnoyarsk o‘lkasidagi shaharlaridan birida 13 yoshli qiz 10 yoshli boladan homilador bo‘ldi. Ushbu voqea haqida "Komsomolskaya pravda" o‘z manbalariga asoslanib ma’lum qildi.

Bolalar turli maktablarda o‘qishadi ( qizaloq 7, bolakay esa 4 sinf). Eng ajablanarlisi, ular turmush qurishgan emish.

"Qiz homiladorlikning 7 haftasida", deydi manba.

Polisiya voqeadan xabardor, tekshiruvlar boshlangan.

“Ish shubhali, ellikka ellik. Nazariy jihatdan, bu mumkin. Ya’ni, 13 yoshdagi qiz va 10 yoshdagi o‘g‘il bola allaqachon reproduktiv yoshda. Ammo ichimdagi ovoz buni rad qilmoqda. Aniq bilamanki, bolakayni kimdir aybdor qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lyapti. Kimdir o‘z qilmishini bolaning bo‘yniga qo‘ymoqchi. Chunki 10 yoshli bolaga hech kim hech narsa qilolmaydi. Jinoyatchi aynan shundan foydalanmoqchi. Ammo bularning barchasi, shubhasiz, amalga oshiriladigan ekspertiza yordamida juda oson tekshiriladi. Genetik tekshiruv - bu bolaning otasi kim ekanligni aniqlab beradi. Va keyin hamma narsa joyiga tushadi”, deydi pediatr Nikolay Skorobogatov.

Kiritildi: 21:31 16.01.2020. O'qildi: 21444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!