Bugun Madridda "Real" Chempionlar ligasi chorak final javob o‘yinida "Arsenal"ni qabul qiladi.
Ushbu bahsda "Qirollik klubi" safida Andrey Lunin, Eder Militao, Dani Karvaxal, Ferlan Mendi jarohat sabab o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Eduardo Kamavinga diskvalifikasiya qilingan.
"Arsenal"dan esa Rikkardo Kalafyori, Gabriel, Gabriel Jezus, Kay Xavers, Jorjinyo va Takexiro Tomiyasu bahsni o‘tkazib yuboradi.
Ilk o‘yinda "Arsenal" yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi