Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Bugundan niqob taqmaganlik uchun jarima miqdori oshdi

Bugundan niqob taqmaganlik uchun jarima miqdori oshdi

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikramov ishtirokida onlayn brifing o‘tkazildi.

Bayonotdan muhim iqtiboslar:

❗️Infeksiya tarqalishining oldini olish ishlarini to‘laqonli amalga oshirish, epidemiyaga qarshi kurashish, qoidalarga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash maqsadida bugun O‘zbekiston Repsbulikasi Prezidenti tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonun imzolandi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, unga ko‘ra,

✔️karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘lishi,

✔️karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish, shu jumladan:

➖karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik,

➖davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan o‘tish va davolanish,

➖karantinni o‘tash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddatda tark etmaslik,

➖kasallik yuqish xavfi mavjud bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi va boshqa qonuniy talablarni uzrli sabablarsiz bajarmaslik uchun
???

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha — 6 690 000 so‘m, mansabdor shaxslarga esa 50 baravarigacha — 11 150 000 so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilab berildi.

Kiritildi: 15:44 26.03.2020. O'qildi: 14804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!