Bugun 25 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Bugun yurtimizda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi

Bugun yurtimizda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi

“O‘zgidromet” 25 dekabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, payshanba kuni yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. Bu haqda "O‘zgidromet" matbuot xizmati xabar bermoqda.

TOSHKENT SHAHRI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 10-12° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

XORAZM VILOYATI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1° sovuq-4° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 3° sovuqqacha, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYo VA SURXONDARYo VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!