O‘zgidrometdan xabar berilishicha, bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi, shimolda 20–25 m/s gacha kuchayishi va chang‘-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Harorat 38–43°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ayrim joylarda 44–46° gacha bo‘ladi.
Poytaxtimizda shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat 39–41° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda biroz salqinroq, harorat 30–35° bo‘ladi.
Avvalroq, "Meteojurnal" 3—4 iyul kunlari Turkmanistonning Lebap viloyatida havo xarorati maksimumlari +48 darajagacha ko‘tarilishi, havoda nisbiy nalikning 5% gacha kamayib ketishi bilan bog‘liq ekstremal havo qurg‘oqchiligi haqida ogohlantirgandi.
Iqlimshunos Erkin Abdulahatov yil uchun ilk eng issiq kunni bugun ekanligi, bu qishloq xo‘jaligi nihollariga katta yuklama ulashadigan xavfli meteorologik hodisa deb aytmoqda. Hosillar qovjirab ketadi.